- 7
- 03.11.2023 08:12:00
- 2 daq o'qish
Rossiya kompaniyasi bilan hamkorlikda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida agrobiznes uchun mo‘ljallangan uchuvchisiz aviatsiya tizimlarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Rossiyaning FlySeeAgro bosh direktori Vasiliy Ptitsin va O‘zbekistonning “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi (EIZ) direksiyasi rahbari Habib Abdullayev “O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz aviatsiya tizimlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish” haqidagi 5 yillik investitsiya dasturini amalga oshirish bo‘yicha memorandumni imzoladi. Qayd qilinishicha, dasturning besh yillik muddatdagi umumiy qiymati 80 million dollarni tashkil etadi. Memorandum doirasida tomonlar loyihaning yo‘l xaritasini ishlab chiqish, sarmoyalarni jalb qilish bo‘yicha bosh rejani yaratish, ishlab chiqarish masalalarida ko‘maklashish bo‘yicha ishchi komissiya tuzish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
FlySeeAgro kompaniyasi qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan dronlarni ishlab chiqarish, entomofaglar (yirtqich hasharotlar) yordamida o‘simliklarni biologik himoya qilish bilan shug‘ullanadi va o‘zini Rossiyada dronlarni inson faoliyatining turli sohalariga integratsiyalash sohasida yetakchi kompaniya sifatida ko‘rsatadi. Agrobiznesni rivojlantirish bo‘yicha 5 yillik tajribaga ega ekanini ta’kidlaydi.
Dastur O‘zbekistonda malakali kadrlar tayyorlash, zavod va loyihaga jalb qilingan O‘zbekiston sanoat korxonalarini boshqarish tizimini yaratishni nazarda tutadi. Dasturda ishtirok etish uchun Rossiyadan mutaxassislar jalb qilinishi aytilmoqda.