
- 2
- 10.12.2024 13:12:00
- 1 daq o'qish
Janubiy Koreya prokuraturasi Yun Sok Yolga nisbatan ilgari surilgan davlatga xiyonat va hokimiyatni suiiste’mol qilishda ayblovlar bo‘yicha tergov boshlanganini ma’lum qilgan. Janubiy Koreyaning korrupsiyaga qarshi tergov departamenti Yun Sok Yolni fitna surishtiruvi doirasida hibsga olishga ruxsat berdi. “Hozirda Yun Sok Yolga chetga chiqishni taqiqlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda”, degan hukumat vakillari. Korrupsiyani tergov qilish boshqarmasi boshlig‘i O Don Un mamlakat prezidenti Yun Sok Yolning mamlakatdan chiqishini taqiqlashga ko‘rsatma bergan.
Janubiy Koreya sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyon mamlakatda harbiy holat joriy etilishidagi ishtiroki uchun 8-dekabr kuni hibsga olindi. Kim Yon Xyon 4-dekabr kuni prezident tomonidan joriy etilgan harbiy holat bo‘yicha mas’uliyatni zimmasiga olib iste’foga chiqqandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, aynan mudofaa vaziri prezident Yun Sok Yolga harbiy holatni joriy etish taklifini bergan