“Axborot kodeksi” ishlab chiqish jarayoni yakunlanmoqda

“Axborot kodeksi” ishlab chiqish jarayoni yakunlanmoqda
  • 3
  • 19.10.2024 16:06:00
  • 1 daq o'qish

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev “Axborot kodeksi” ishlab chiqish jarayoni yakuniy bosqichda ekanligini maʼlum qildi.  Mazkur kodeks oʻzida 8 ta qonunni birlashtiradi. Hujjatda axborot olish, izlash va undan foydalanish, mediamakonni tartibga solish kabi barcha jihatlar qamrab olinadi. Bu tor sohaviy kodeks emas, balki har bir fuqaroga tegishli boʻlgan kodeks bo‘ladi. Uni ishlab chiqishda YUNESKO va YEXHT ekspertlari o‘z tavsiyalarini berishmoqda.
 
Hozir hujjatni tayyorlash yakuniy bosqichda. Yaqinda kodeksni keng jamoatchilik bilan muhokama qilinadi va parlamentga kiritiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News