O‘zbekistonda aliment hisoblash tartibi o‘zgarishi mumkin

O‘zbekistonda aliment hisoblash tartibi o‘zgarishi mumkin
  • 6
  • 15.09.2026 14:12:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonda alimentni ota yoki onaning oylik daromadiga qarab emas, bolaning yoshi va ehtiyojlaridan kelib chiqib hisoblash tizimiga o‘tilishi mumkin. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnoza Kattaxonova ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim ota-onalar alimentni kamaytirish uchun haqiqiy daromadini yashirib, kam maoshli ishga rasmiylashmoqda. Shu sababli har bir yosh toifasi uchun minimal iste’mol savatini belgilash va alimentni shu asosda hisoblash taklif etilmoqda.
Shuningdek, aliment undirish bilan bog‘liq ayrim funksiyalarni Majburiy ijro byurosidan xususiy sektorga o‘tkazish taklif qilinmoqda.
Amaldagi tartibga ko‘ra, bir farzand uchun ish haqining 25 foizi, ikki farzand uchun uchdan bir qismi, uch va undan ortiq farzand uchun esa yarmi aliment sifatida undiriladi.
MIB ma’lumotiga ko‘ra, aliment to‘lovchilarning 61 foizi ishsiz yoki doimiy daromad manbaiga ega emas.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News