
- 2
- 17.05.2024 16:30:00
- 1 daq o'qish
17-may kuni Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Uni Toshkent xalqaro aeroportida bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohimni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tashrifning birinchi kunida Toshkent shahrida oliy darajadagi tadbirlar va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Anvar Ibrohim Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan 19-maygacha rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.