
- 4
- 08.06.2024 13:03:00
- 1 daq o'qish
Unda davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi yaqin qarindoshlari ishga qabul qilingan bo‘lsa yoki xodimning ishiga fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida o‘ziga aloqador shaxslar jalb etilgan bo‘lsa bir ish kuni ichida mavjud manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi belgilangan shakldagi xabarnomani to‘ldirishi va o‘zining bevosita rahbariga yoki maxsus bo‘linmaga taqdim etishi shartligi belgilangan.
2024-yil oxirigacha E-anticor.uz elektron platformasida manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq holatlarni aniqlash va onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushiriladi.
Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashda yordam bergan shaxslar undirilgan jarimaning 50 foiziga ega bo‘lishi , manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar bermaganlar esa jarimaga tortilishi belgilandi.