
- 5
- 12.05.2023 14:16:00
- 1 daq o'qish
«Adolat» SD partiyasidan Roba Mahmudova prezidentlikka nomzod sifatida partiyaning Qurultoyida ko‘rib chiqish uchun ma’qullandi.
Ma’lumot uchun, Robaxon Mahmudova 2020-yilning iyulidan Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sud kollegiyasi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Robaxon Mahmudova 1968-yili Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2008-yilgacha Oliy sud sudyasi lavozimida ishlagan. 2017−2020 yillar mobaynida O‘zbekiston prezidentining Farg‘ona viloyati bo‘yicha xalq qabulxonasiga rahbarlik qilgan. 2020-yil yanvarida senator etib saylangan va shu kunda Oliy Majlis yuqori palatasining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi bo‘lib hisoblanadi.