Prezident Bishkekka tashrif buyuradi

Prezident Bishkekka tashrif buyuradi
  • 4
  • 05.11.2024 09:29:00
  • 1 daq o'qish

Joriy yil 6-noyabr kuni Qirg‘iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlarining XI sammiti bo‘lib o‘tadi. Sammitda tashkilotga a’zo bo‘lgan beshta davlat: Turkiya, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston rahbarlari, shuningdek TDT kuzatuvchi-mamlakatlari rahbarlari ishtirok etadi.

Yig‘ilishda iqtisodiyot, savdo, raqamli transformatsiya, transport va xavfsizlik sohalarida maxsus kelishuvlar imzolanib, rasmiy hujjatlar tasdiqlanishi rejalashtirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News