Prezident Rossiyaga tashrif buyurdi

Prezident Rossiyaga tashrif buyurdi
  • 2
  • 08.10.2024 10:13:00
  • 1 daq o'qish

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga keldi. “Vnukovo” aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidentining yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun, 8-oktabr kuni MDH sammitining asosiy tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Kun tartibidan Hamdo‘stlik doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News