Prezident Turkiya milliy mudofaa vazirini qabul qildi

Prezident Turkiya milliy mudofaa vazirini qabul qildi
  • 5
  • 27.06.2024 09:46:00
  • 1 daq o'qish

Shavkat Mirziyoyev 26-iyun kuni amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Turkiya milliy mudofaa vaziri Yashar Guler boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News