
- 8
- 04.07.2023 15:00:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining videoanjuman shaklidagi navbatdagi majlisida ishtirok etdi va tashkilot doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflarni ilgari surdi.
Yana bir muhim masala - Afg‘onistonda saqlanib qolayotgan murakkab vaziyatga to‘xtalib o‘tildi.
Prezidentimiz Afg‘onistonning bevosita qo‘shnilari bo‘lgan Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari uzoq muddatli siyosiy yechimni topishdan barchadan ko‘ra manfaatdor ekanini ta’kidladi.
Shu munosabat bilan “SHHT – Afg‘oniston” aloqa guruhi formatida qo‘shma faoliyatni va maslahatlashuvlarni qayta tiklash taklif qilindi.
Tadbir yakunida SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari quyidagi hujjatlarni imzoladilar:
- SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining Nyu-Dehli deklarasiyasi;
- 2030 yilga qadar SHHT mintaqasida iqtisodiy rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida qaror;
- Eron Islom Respublikasini SHHT a’zoligiga qabul qilish tartibotini yakunlash va unga SHHTga a’zo davlat maqomini berish to‘g‘risida qaror;
- Belarus Respublikasining SHHTga a’zo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumni imzolash haqida qaror.
Bundan tashqari, iqtisodiy hamkorlik va raqamli transformasiyani yanada rivojlantirish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga qaratilgan 10 ta hujjat qabul qilindi.
SHHTga raislik Qozog‘iston Respublikasiga o‘tdi.