Oʼzbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasiga joʼnab ketdi

Oʼzbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasiga joʼnab ketdi
  • 7
  • 05.10.2023 08:37:00
  • 1 daq o'qish

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 5 oktyabrь kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʼnab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Qozon va Moskva shaharlarida boʼladi, tor va kengaytirilgan tarkibda oliy darajadagi muzokaralar boʼlib oʼtadi.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin va Tatariston Raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashuvlar oʼtkazilishi, qator obʼektlarga tashrif buyurilishi rejalashtirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News