Mo‘g‘uliston prezidenti O‘zbekistonda

Mo‘g‘uliston prezidenti O‘zbekistonda
  • 6
  • 24.06.2024 15:03:00
  • 1 daq o'qish

Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqasi Luvsandorj Bolorsetseg hamrohligida 23-iyun kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Ko‘ksaroy qarorgohida davlat tashrifi bilan kelgan Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. 
Faxriy qorovul saf tortdi, Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi.
Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar. Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Mo‘g‘uliston prezidenti 23–26-iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News