
- 4
- 21.06.2024 14:23:00
- 1 daq o'qish
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 23–26-iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
Oliy martabali mehmon tashrifining dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston—Mo‘g‘uliston do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi.
Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Xiva shahriga ham tashrif buyurib, o‘zbek xalqining boy madaniy-tarixiy merosi bilan tanishadi.