
- 6
- 22.08.2024 16:17:00
- 1 daq o'qish
Ilhom Aliyev rafiqasi Mehribon Aliyeva hamrohligida 22-avgust kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Shundan so‘ng, ular Ozarbayjon prezidentining 2022-yil iyun oyidagi mamlakatimizga tashrifi chog‘ida ochilgan Haydar Aliyev yodgorligi majmuasiga borishdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari raisligida oliy darajadagi muzokaralar va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.