Sifatsiz benzin sabab prezident taksida harakatlandi

Sifatsiz benzin sabab prezident taksida harakatlandi
  • 0
  • 18.07.2025 15:35:00
  • 1 daq o'qish

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Tabriz shahriga ish safari davomida kortejidagi avtomobillar to‘xtab qolgani sababli taksi chaqirishga majbur bo‘ldi. Bu avtomobillarga suv aralashgan sifatsiz benzin quyilgani tufayli yuzaga kelgan.
Kortej Rasht trassasiga kiraverishda bir yoqilg‘i quyish shoxobchasida to‘xtagan va shu yerda avtomobillarga suv aralash benzin quyilgan. Natijada, mashinalar Qazvin viloyatida to‘xtab qolgan. Prezident Tabrizga borishni taksi yordamida davom ettirgan. Prezident maxsus inspektorining so‘zlariga ko‘ra, prezident bu holat bo‘yicha mahalliy hokimiyatga da’vo bilan murojaat qilmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News