Prezident Turkiyaga joʼnab ketdi

Prezident Turkiyaga joʼnab ketdi
  • 5
  • 15.03.2023 14:54:00
  • 1 daq o'qish

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʼanning taklifiga binoan 15 mart kuni amaliy tashrif bilan Аnqara shahriga joʼnab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda vaziyatlarni boshqarish va gumanitar yordam koʼrsatish borasida koʼp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bagʼishlangan navbatdan tashqari sammitida ishtirok etadi.

Sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʼtkazilishi ham koʼzda tutilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News