Prezident Andijonda 9,4 mlrd dollarlik loyihalarni ishga tushirdi

Prezident Andijonda 9,4 mlrd dollarlik loyihalarni ishga tushirdi
  • 2
  • 23.09.2026 15:00:00
  • 1 daq o'qish

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida 9,4 mlrd dollarlik 206 ta investitsiya loyihasini ishga tushirish va qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shundan 2,05 mlrd dollarlik 98 ta loyiha ishga tushirildi, 7,35 mlrd dollarlik 108 ta loyihaning qurilishi boshlandi.
Loyihalar energetika, qurilish, to‘qimachilik, mashinasozlik, ta’lim, turizm, logistika, farmatsevtika va tibbiyot sohalarini qamrab olgan. Ular viloyatning barcha 16 ta shahar va tumanida amalga oshiriladi.
Loyihalar natijasida 45 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishi, yiliga 60,6 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish va 533 mln dollarlik eksport imkoniyati yaratilishi kutilmoqda.
Prezident ramziy tugmani bosib, 98 ta loyihani ishga tushirdi va 108 ta obyekt qurilishiga start berdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News