
- 0
- 30.07.2025 09:07:00
- 1 daq o'qish
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan xalqni tabrikladi. U O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat vakillari tinch va totuv hayot kechirayotgani, bu birlik va hamjihatlik mamlakatning eng katta boyligi ekanini aytdi.
Shunindek, oxirgi yillarda millatlararo munosabatlar mustahkamlangani, 157 ta milliy markaz va 42 ta do‘stlik jamiyati faol ishlayotgani, xorijdagi 100 dan ziyod vatandoshlar birlashmalari ham bu jarayonda ishtirok etayotganini ta’kidladi.
Prezident barchani tinchlikni saqlashga, yoshlarni bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashga chaqirdi.