Prezident xalqni Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi

Prezident xalqni Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi
  • 0
  • 30.08.2025 07:55:00
  • 1 daq o'qish

Bugun, 29-avgust kuni “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida oʻtkazilgan davlat mustaqilligining 34 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbirida Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqini bayram bilan tabrikladi. Davlat rahbari nutqida soʻnggi yillarda erishilgan yutuqlar, kelgusi rejalar hamda respublikaning tashqi siyosat borasidagi pozitsiyasi qandayligini ma’lum qildi. O‘z o‘rnida, Falastin xalqi oʻz mustaqil davlatini barpo etish huquqiga ega ekanini qatʼiy pozitsiya sifatida yana bir bor bildirib, bu huquq BMT rezolyutsiyalari bilan tasdiqlangani taʼkidladi.

Shuningdek, prezident xalq birdamligi, mehr-oqibat va saxovatni mamlakat taraqqiyotining eng katta qudrati sifatida eʼtirof etdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News