Prezident ajdodlar xotirasini yod etdi

Prezident ajdodlar xotirasini yod etdi
  • 0
  • 29.08.2025 12:47:00
  • 1 daq o'qish

Shavkat Mirziyoyev qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida qatnashdi. Shahidlar xotirasi xiyobonida Qur’on tilovat qilinib, elga osh tortildi. Prezident ajdodlar jasorati doimo ibrat ekanini ta’kidladi.
So‘nggi yillarda minglab qurbonlar nomi oqlanib, “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi yangilandi, hududlarda yangi muzeylar tashkil etildi. Mirziyoyev yoshlar uchun tarixni to‘g‘ri yetkazish, maktab va oliy ta’limda qo‘shimcha darslar, teleko‘rsatuvlar va tanlovlar o‘tkazish zarurligini aytdi.

Shuningdek, davlat rahbari Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘yib, ajdodlar merosini ulug‘ladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News