
- 7
- 11.04.2023 12:47:00
- 1 daq o'qish
Bugun Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finali doirasidagi ikkita bahs bo‘lib o‘tadi. Angliyada “Manchester Siti” va “Bavariya” o‘zaro bahs olib borsa, “Benfika” o‘z uyida “Inter”ni qabul qiladi. Ertaga esa yana ikkita qiziqarli uchrashuv o‘tkaziladi. Madridda “Real” – “Chelsi” qarama-qarshiligi bilan parallel ravishda Italiyada “Milan” va “Napoli” o‘rtasidagi yana bir murosasiz bellashuv bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar 00:00 da boshlanadi.