Prezidentning Dushanbega amaliy tashrifi yakuniga yetdi

Prezidentning Dushanbega amaliy tashrifi yakuniga yetdi
  • 6
  • 15.09.2023 15:50:00
  • 1 daq o'qish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati maʼlum qildi.

Davlati rahbari tashrifning birinchi kuni Dushanbeda Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi hamda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etdi.

Tashrifning ikkinchi kunida Prezident Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʼsischi davlatlari rahbarlari kengashi yigʻilishda nutq soʻzladi.

Manba:president.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News