
- 12
- 06.07.2024 07:58:00
- 1 daq o'qish
Prezident “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, deputat yoki senator chet davlatning doimiy yashash guvohnomasini yoki chet davlat hududida doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatni olgan taqdirda ularning vakolatlari muddatidan oldin tugatiladi.
Hujjat 2024-yil 4-iyuldan kuchga kirdi.