Portugaliya prezidenti universitetga tashrifi chog‘ida hushidan ketdi

Portugaliya prezidenti universitetga tashrifi chog‘ida hushidan ketdi
  • 8
  • 06.07.2023 08:05:00
  • 1 daq o'qish

Portugaliya prezidenti, 74 yoshli Marselu Rebelu de Souza Lissabon Yangi universitetining Fan va texnologiya fakultetiga tashrifi chog‘ida yiqilib tushdi. U hushini yo‘qotdi, atrofidagilar prezidentni qo‘llarida ko‘tarib olib ketdi. Shundan so‘ng davlat rahbari Karnakseyddagi Santa-Krus kasalxonasiga yetkazildi.

Keyinroq prezident ofisi rahbari Fernando Frutuoso de Melo Portugaliya rahbarining “kayfiyati yaxshi” ekanini, “tezda o‘ziga kelganini” aytdi. Uning tushuntirishicha, Rebelu de Souza jazirama issiqdan va “tig‘iz jadval” tufayli hushidan ketgan bo‘lishi mumkin. Prezident yotqizilgan kasalxona direktori Migel Mendes ham Rebelu de Souzaning dastlabki tekshiruv natijalari normal chiqqanini aytdi va davlat rahbarini issiq urgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News