Politsiya Yunni hibsga olomadi

Politsiya Yunni hibsga olomadi
  • 4
  • 03.01.2025 13:51:00
  • 1 daq o'qish

❗️3-yanvar kuni prezident Yun Sok Yolni hibsga olish uchun tergovchilar va politsiya xodimlari uning qarorgohiga kelgandi.  Biroq prezident qo‘riqchilarining qarshiligi tufayli prezident hibsga olinmadi. Voqea joyiga kelgan xodimlarning xavfsizligi yuzasidan xavotir sababli, order ijrosi to‘xtatilgan. Chunki tergovchilar va politsiya prezident qo‘riqchilarining qarshiligiga duch kelgandi. Shuningdek, Qarorgoh yonida “prezidentni himoya qilish” va “impichmentni bekor qilish”ga chaqiruvchi 1 ming 200 nafar Yun tarafdorlari to‘plangan. Ularning ba’zilari politsiya bilan to‘qnashuvga kirishgandi. Davom etayotgan qarama-qarshilik tufayli hibsga olish orderini amalda bajarish imkonsiz degan xulosaga kelingan.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News