Malavida vitse-prezident bo‘lgan samolyot g‘oyib bo‘ldi

Malavida vitse-prezident  bo‘lgan samolyot g‘oyib bo‘ldi
  • 4
  • 11.06.2024 09:10:00
  • 1 daq o'qish

Malavi vitse-prezidenti Saulos Chilima va yana to‘qqiz kishi bo‘lgan samolyot bedarak yo‘qoldi.

Prezident devonining bayonotida aytilishicha, samolyot 10-iyun kuni ertalab poytaxt Lilongvedan chiqib ketganidan so‘ng “radarlardan g‘oyib bo‘lgan”. U Mzuzu xalqaro aeroportiga mahalliy vaqt bilan ertalab soat 10 dan keyin qo‘nishi kerak edi.

Dispetcherlar samolyot bilan bog‘lana olmayapti. Hozirda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.

Voqeadan xabar topgan Malavi prezidenti Lazarus Chakvera Bagama orollariga parvozini bekor qildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News