
- 6
- 22.09.2023 09:12:00
- 2 daq o'qish
21-sentabr kuni Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ayrim sudyalarni ushbu lavozimda bo‘lishining navbatdagi muddatiga, ayrimlarini vakolati muddati davriga qayta tayinlashga oid masalalar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, Kengash a’zolari tomonidan ayrim sudyalarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishga oid masala ham ko‘rib chiqlib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Shuningdek, sudyalar oliy kengashi qarori bilan:
Vaxobov Toxirjon Zafarovich – sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Furqat tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
Qosimov Xurshid Iskandarovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga, shundan besh yil muddatga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Furqat tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
Axmedov Shuxratjon Kamilovich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
Zaripov Rustam Raxmatjonovich – sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy shahar sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
Sheraliyev Avazbek Muxammadovich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy shahar sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
Ulug‘bekov Mashrabjon Ruzibuvoyevich – sudyalik vakolati muddati davriga Sirdaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
Shuningdek:
Ismoilov Odiljon Muxamadjonovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yichaFarg‘ona shahar sudining sudyasi lavozimiga;
Sabirov Ilgizar Matyakubovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining raisi lavozimiga;
Meliboyev Tal’atjon Baxtiyorovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga, shundan besh yil muddatga Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Norin tuman sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
Manba: Uzreport.news