Sergelidagi portlash aybdorlari 5 yilga hukm qilindi

Sergelidagi portlash aybdorlari 5 yilga hukm qilindi
  • 6
  • 12.10.2024 14:50:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent shahrining Sergeli tumanida sodir bo‘lgan portlashda aybdor deb topilganlarga sud hukmi o‘qildi. O‘tgan yilning 28-sentyabrida Inter Logistics MCHJga qarashli omborxonada kuchli portlash va yong‘in sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida 163 nafar fuqaro jabrlangan bo‘lib, bir nafar o‘smir hodisa oqibatida vafot etgandi. Sudda 4 nafar sudlanuvchi: 2 tashkilot direktorlari, qo‘riqlash boshlig‘i va ombor mudirining har biriga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogarlarga Inter Logistics MCHJ va Polychem MCHJdan 282 milliard so‘m mablag‘ solidar tartibda undirilishi belgilandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News