
- 5
- 12.10.2024 12:00:00
- 1 daq o'qish
Toshkent shahrining Sergeli tumanida sodir bo‘lgan portlashda aybdor deb topilganlarga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Daryo” (https://t.me/Daryo/110799)xabar berdi. O‘tgan yilning 28-sentyabrida Inter Logistics MCHJga qarashli omborxonada kuchli portlash va yong‘in sodir bo‘lgandi. Sudda 4 nafar sudlanuvchi: 2 tashkilot direktorlari, qo‘riqlash boshlig‘i va ombor mudirining har biriga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogarlarga Inter Logistics MCHJ va Polychem MCHJdan 282 milliard so‘m mablag‘ solidar tartibda undirilishi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, hodisa oqibatida 163 nafar fuqaro jabrlangan bo‘lib, bir nafar o‘smir hodisa oqibatida vafot etgandi.