
- 0
- 02.07.2025 09:42:00
- 1 daq o'qish
Prezident farmoniga asosan, 2027-yildan G‘aznachilik qo‘mitasi va Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘limlari tugatilib, ularning o‘rnida 1–3 shtat birligidan iborat ixcham xizmat ko‘rsatish ofislari tashkil etiladi. Natijada boshqaruv shtat birliklari 1080 taga qisqartiriladi.
2024-yil 1-dekabridan “Mening pensiyam” onlayn xizmati ishga tushadi. U orqali fuqarolar ish staji va ish haqi ma’lumotlari asosida pensiya miqdorini oldindan aniqlashlari mumkin bo‘ladi.
2026-yil 1-dekabridan pensiyalarni to‘lashda elektron imzo va Face-ID tizimi joriy etiladi. Shuningdek, Call-markaz faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalari qo‘shiladi.
Pensiya ta’minoti xizmatlari to‘liq elektron, interaktiv va proaktiv shaklga o‘tkaziladi. G‘aznachilik tizimi esa avtomatlashtirilgan raqamli platformaga o‘tkazilib, SWIFT tizimi bilan integratsiya qilinadi.