
- 8
- 27.07.2024 15:34:00
- 1 daq o'qish
26-iyul kuni Parijda XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. U tarixda birinchi marta stadionda emas, balki suvda - Sena daryosida o‘tkazildi. An’anaviy milliy qayiq paradida 206 davlatdan 10 mingdan ortiq sportchi ishtirok etdi.
O’zbekiston delegatsiyasi bayroqdorlari Abdumalik Xalokov va Zaynab Dayibekova yurtimiz bayrog’ini mag’rur hilpiratib o’tishdi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarida ilk bor 90 nafar sportchi bilan qatnashmoqda.