Dunyoning eng keksa insoni O‘zbekistonda topildi

Dunyoning eng keksa insoni O‘zbekistonda topildi
  • 0
  • 13.09.2025 08:05:00
  • 1 daq o'qish

Adliya vazirligi tashabbusi bilan oʻtkazilgan “Hech kim hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida dunyoning eng keksa insoni aniqlandi. Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanidagi “Qoraqum” mahallasida yashovchi 130 yoshli Huvaydo Umarovaga 1895-yil 1-yanvarda tug‘ilgani tasdiqlangach, tug‘ilganlik guvohnomasi berildi. Endi uni Ginnes rekordlar kitobiga kiritish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Chunki, Ginnes rekordlar kitobiga koʻra, eng uzoq yashagan inson 122 yil umr ko‘rgan. 130 yoshli Huvaydo momo haqidagi ma’lumot esa xalqaro qiziqish uyg‘otishi mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News