Deputatlar orasida ayollar soni oshirilishi kutilmoqda

Deputatlar orasida ayollar soni oshirilishi kutilmoqda
  • 2
  • 31.10.2023 13:21:00
  • 1 daq o'qish

Qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 70 va 91-moddalariga siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatilayotganda ayollar sonining eng kam miqdorini nomzodlar umumiy sonining o‘ttiz foizidan qirq foiziga oshirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish taklif etilmoqda.
 

31-oktyabr kuni Oliy Majlis parlamenti majlisida qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Saylov kodeksining 70 va 91-moddalariga siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatilayotganda ayollar sonining eng kam miqdorini nomzodlar umumiy sonining 30 foizidan 40 foiziga oshirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish taklif etilmoqda.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News