
- 2
- 22.07.2024 14:45:00
- 1 daq o'qish
Ayni paytda respublikada 42 mingga yaqin ko‘p kvartirali uylar mavjud bo‘lib, ularning 30 795 tasi, ya’ni 73 foizi 1991-yilgacha bo‘lgan davrda qurilgan. Shundan 1032 tasi instrumental texnik ko‘rikdan o‘tkazish talab etiladigan, 223 tasi seysmik zaif bino-inshootlar ekanligi aniqlangan.
Shu bois, renovatsiya asosida uy-joy fondi obektlarini me’moriy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan yangilash zaruriyati yuzaga kelgan.