
- 8
- 12.10.2023 11:55:00
- 1 daq o'qish
Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yil 1-oktyabr holatiga Toshkent shahrida yashovchi doimiy aholi soni 3 million 20,5 ming kishini tashkil etgan.
Shundan:
erkaklar 1481,9 ming kishi;
ayollar 1538,6 ming kishi.
Poytaxt aholi soni ilk bor 1960-yilda 1 million, 1985-yilda 2 million, hozirgi kunga kelib 3 milliondan oshdi.
O‘zbekistonda doimiy yashayotgan aholi soni 36 million 372 ming nafarni tashkil etmoqda. Doimiy aholi soni kuniga o‘rtacha 2 ming kishiga oshmoqda.
O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda respublika aholisi 2,2 foizga ortgan.
O‘zbekistonliklar 2023-yilning har bir oyida o‘rtacha 57,9 ming kishiga ko‘payga
Poytaxtning doimiy aholisi1-iyul holatiga ko‘ra, 2 million 999 ming 500 kishini tashkil etgandi.
Avvalroq 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida FHDY organlari tomonidan O‘zbekistonda 716 885 nafar tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Manba; Daryo.uz