
- 7
- 20.06.2024 14:39:00
- 1 daq o'qish
Saudiya Arabistonida Haj vaqtida mingdan ortiq ziyoratchilar halok bo‘ldi. Avvalroq 550 kishining o‘limi haqida xabar berilgan edi.
O'limning asosiy sababi haddan tashqari issiq ob-havo. Bu yil Haj davrida Makka shahrida havo harorati deyarli 52 darajaga yetdi.
Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, 2764 nafar ziyoratchi jazirama tufayli yordam so‘ragan. Ular mutasaddilarning tavsiyalariga amal qilmagani qayd etilgan.