Yaponiyada 100 yoshdan oshganlar soni 92 ming nafardan oshdi

Yaponiyada 100 yoshdan oshganlar soni 92 ming nafardan oshdi
  • 4
  • 18.09.2023 07:39:00
  • 1 daq o'qish

Yaponiyada 100 yoshdan oshgan insonlar soni ilk bor 92 ming nafardan oshdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, hozirda Quyosh chiqar o‘lkada 100 yoshdan oshgan 92 139 nafar fuqaro istiqomat qiladi. 50 yildan beri yuz yoshdan oshayotgan insonlar soni ortib bormoqda. Bu yil mamlakatda 100 yoshdan oshganlar soni 1,5 ming nafarga ko‘paydi. Yuz yoshdan oshganlarning 89 foizini ayollar tashkil qiladi.

Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yilda 47 107 kishi o‘zining 100 yoshini nishonlaydi. Hukumat ularga tabrik maktublari va esdalik sovg‘alarini yuboradi.

Yaponiyada 1963-yilda qariyalarni ijtimoiy ta’minlash to‘g‘risidagi qonun qabul qilingandan so‘ng yuz yoshdan oshayotganlar soni ortib bormoqda. 1963-yilda mamlakatda 100 yoshdan oshgan 153 nafar inson bor edi. 1981-yilda ularning soni mingdan oshdi, 1998-yilda — 10 ming, 2012-yilda esa 50 ming nafarga yetgandi.

Manba: Uzreport.uz

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News