
- 4
- 23.03.2024 12:58:00
- 1 daq o'qish
Kecha 22-mart kuni Moskva viloyatidagi “Piknik” guruhining konserti bo‘lib o‘tayotgan Crocus City Hall konsert zalida nomaʼlum shaxslar o‘t ochib binoni portlatishgan. Hujum oqibatida 80 dan ortiq odam halok bo‘lgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi 115 nafar jabrlanuvchi shifoxonalarga yotqizilgani, shundan besh nafari bolalar ekanini ma’lum qilgan. Qurbonlar va yaradorlar soni hali ortishi mumkinligi aytilgan.
7 mart kuni yettita g‘arb davlatlari maxsus xizmatlari Rossiyada odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda terrorchilik aktlari uyushtirilishi mumkinligidan ogohlantirgan edi. Putin bu xabarlarni «ochiqcha shantaj» deb atab, rossiyaliklarni qo‘rqitishga urinish deb baholagan edi.
Hozirda ushbu teraktni ISHID o‘z zimmasiga oldi. IShID-Xuroson – eng radikal va shafqatsiz jihodchi guruhlardan biri sifatida tanilgan. So‘nggi ikki yilda IShID-Xuroson Rossiyaga diqqat-eʼtiborini qaratishgan va asosan Putinni tanqid qilishardi.