O‘zbekistonda yashayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari soni ma’lum qilindi

O‘zbekistonda yashayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari soni ma’lum qilindi
  • 6
  • 08.05.2023 08:06:00
  • 1 daq o'qish

Eng ko‘p urush faxriylari Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Farg‘ona viloyatida istiqomat qilmoqda.

O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi va front orti qatnashchilarining soni 2023 yil 6 may holatiga ko‘ra 174 nafarni tashkil qiladi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, ularning soni viloyatlar kesimida quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 3 nafar;
  • Andijon viloyati — 6 nafar;
  • Buxoro viloyati — 7 nafar;
  • Jizzax viloyati — 6 nafar;
  • Qashqadaryo viloyati — 10 nafar;
  • Navoiy viloyati — 9 nafar;
  • Namangan viloyati — 3 nafar;
  • Samarqand viloyati — 10 nafar;
  • Sirdaryo viloyati — 3 nafar;
  • Surxondaryo viloyati — 8 nafar;
  • Toshkent viloyati — 26 nafar;
  • Farg‘ona viloyati — 19 nafar;
  • Xorazm viloyati — 5 nafar;
  • Toshkent shahri — 55 nafar.

100 va 100 yoshdan oshgan Ikkinchi jahon urushi va frontorti qatnashchilarining soni 25 nafarni tashkil qiladi. Ularning umumiy hisobda eng kichigi 78 yoshda (manbalarga ko‘ra, u urush yakunlangan 1945 yilda natsistlar konslagerida tug‘ilgan) bo‘lsa, eng kattasi 112 yoshda.

Manba: Kun.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News