O‘zbekistonda mavjud aviakompaniyalar soni sakkiztaga yetdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.

O‘zbekistonda mavjud aviakompaniyalar soni sakkiztaga yetdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.
  • 6
  • 26.07.2023 15:49:00
  • 1 daq o'qish

2023-yilning birinchi yarim yili davomida «Uzbekistan Airways» AJ, «Qanot sharq», «Panorama Airways» va «Humo Air» aviakompaniyalariga qo‘shimcha ravishda «Centrum air», «Silk avia», «Asia Union Airlines» va «Tashkent Air» aviakompaniyalari tashkil etilib, o‘z faoliyatini boshladi.

2023-yil o‘tgan 6 oyi davomida yurtimizga «Uzbekistan Airways» AJ hamda yangi tashkil etilgan rezident aviakompaniyalar tomonidan 17 ta havo kemalari olib kelindi.

Bugungi kunda «Uzbekistan Airways» AJ, «Qanot sharq», «Centrum air», «Silk avia» hamda «Humo Air» aviakompaniyalari tomonidan mahalliy yo‘nalishlarida haftasiga 93 ta muntazam aviaqatnovlar bajarilmoqda.

Manba: Xabar.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News