Endi Shimoliy vokzalga avtomobilda kirish mumkin

Endi Shimoliy vokzalga avtomobilda kirish mumkin
  • 3
  • 16.07.2025 13:42:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent markaziy (Shimoliy) vokzaliga avtomobillar kirishi uchun maxsus yo‘lak tashkil etilib, sinov tariqasida ishga tushirildi. Shaxsiy avtomobillar, taksilar va boshqa transport vositalari vokzal kirish eshigigacha harakatlanib, 5 daqiqagacha bepul to‘xtashi mumkin. 5 daqiqadan 10 daqiqagacha to‘xtash uchun to‘lov olinadi, 10 daqiqadan ortiq to‘xtashda esa jarima qo‘llanadi. Jarimalar maxsus kameralar orqali aniqlanib, rasmiylashtiriladi.
Mazkur tizim bosqichma-bosqich O‘zbekistonning barcha vokzallarida joriy etiladi hamda buning uchun maxsus yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News