
- 12
- 09.10.2026 16:12:00
- 1 daq o'qish
Donald Tramp bu yil ham tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kirita olmadi. 2026-yilgi mukofot Janubiy Afrikalik huquqshunos Navanethem Pilleyga berildi. Nobel qo‘mitasi uning urush jinoyatlari, insoniyatga qarshi jinoyatlar va genotsid uchun javobgarlikni ta’minlashdagi rolini e’tirof etdi.
Pilley 1941-yilda Janubiy Afrikaning Durban shahrida tamil oilasida tug‘ilgan. U huquqshunoslik sohasidagi faoliyati davomida inson huquqlari va xalqaro adolat masalalari bilan shug‘ullangan. 1995-yilda Janubiy Afrika Oliy sudi sudyasi etib tayinlangan. Keyinchalik Ruanda bo‘yicha Xalqaro jinoiy tribunalda sudya va tribunal prezidenti bo‘lib ishlagan. 2008–2014-yillarda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, 2021–2025-yillarda BMTning bosib olingan Falastin hududi bo‘yicha mustaqil xalqaro tergov komissiyasiga raislik qilgan.
Tramp 7-oktabr kuni Nobel mukofotiga loyiq ekanini aytib, xalqaro mojarolarni hal qilishga hissa qo‘shganini ta’kidlagan edi. U sakkizta urushni hal qilganini da’vo qilgan, biroq mukofotni olishiga ishonchi komil emasligini ham bildirgan.