Misrdan O‘zbekistonga «gepatit S»ga qarshi dorining navbatdagi partiyasi keltirildi

Misrdan O‘zbekistonga «gepatit S»ga qarshi dorining navbatdagi partiyasi keltirildi
  • 6
  • 17.07.2023 10:41:00
  • 1 daq o'qish

15-iyul, shanba kuni Misr hukumati tomonidan O‘zbekistonga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan «S» gepatitiga qarshi «Daklatasvir» dori vositasining o‘ninchi qismi Toshkentga yetib keldi.

Mazkur «yuk» O‘zbekiston Prezidentining 2023 yil 20-21 fevral kunilari Misrga amalga oshirilgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar doirasida amalga oshirilgan.

Umumiy hajmi  114 qutida 3 ming donadan ortiq «Daclatasvir-60 mg» dori vositalari O‘zbekiston SSV huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan qabul qilingan.

Ma’lumot uchun, Misr SVV ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat aholisi ushbu kasallikdan butunlay forig‘ bo‘lgan va bu haqida vazir Xalid Abdug‘affor joriy yilning 21-30 may kunlari Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 76-sessiyasida ham ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 29-aprel kuni Misr hukumati tomonidan jo‘natilgan mazkur dori vositasining dastlabki partiyasi – 35 ming dollarlik 17 ming qutidan iborat yuk keltirilgan edi.

Manba: xabar.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News