
- 5
- 21.06.2023 08:43:00
- 1 daq o'qish
Joriy yilning 20-iyun kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisida Senatning qirq ikkinchi yalpi majlisini 2023-yilning 22-iyun kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda Senat Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan mazkur yalpi majlisda qator qonunlarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Xususan, “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi, “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Ijro hujjatlarini ijro etmaganlik uchun solinadigan ma'muriy jarima miqdorini belgilash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan MJtKga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi hamda “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘gšrisidagi qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonunlar shular jumlasidandir.
Shuningdek, “Hisob palatasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi, “O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida O‘zbekiston – Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkasiya qilish to‘g‘risidagi shartnomani (Toshkent, 2022-yil 22-dekabr) ratifikasiya qilish haqida”gi hamda “O‘zbekiston Hukumati bilan Pokiston Hukumati o‘rtasida harbiy-texnikaviy sohada hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni (Islomobod, 2022-yil 3-mart) ratifikasiya qilish haqida”gi qonunlar ham muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, yalpi majlisda Muzey ashyolari va kolleksiyalarini saqlash hamda ularning xavfsizligini ta'minlash choralari yuzasidan Madaniy meros agentligiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalarini ham ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
Manba: xabardor.uz