
- 0
- 04.09.2025 15:49:00
- 1 daq o'qish
Yangi 940 ming dollarlik hashamatli yaxta suvga tushirilganidan atigi 15 daqiqa o‘tib ag‘darilib, cho‘kib ketdi. Hodisa seshanba kuni Turkiyaning shimolidagi Zong‘uldak viloyati sodir bo‘lgan. Hodisa vaqtida yaxtada bo‘lgan egasi va ekipaj a’zolari suzib qirg‘oqqa chiqishga ulgurgan. Ulardan hech biri jabr ko‘rmagan.
Mutaxassislarning dastlabki taxminlariga ko‘ra, yaxtaning cho‘kishiga texnik nosozlik yoki noto‘g‘ri foydalanish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.