Andijonda profilaktika inspektorini o‘ldirgan qotil qabristondan topildi

Andijonda profilaktika inspektorini o‘ldirgan qotil qabristondan topildi
  • 0
  • 04.07.2025 15:09:00
  • 1 daq o'qish

Avvalroq Andijonda profilaktika inspektori xizmat vaqtida 63 yoshli erkak tomonidan pichoqlab o‘ldirilgani va qotil qidirilayotgani haqida xabar bergandik. 63 yoshli Yunusali Xolbozorov mast holatda oila a’zolariga tahdid solayotgan bo‘lgan. Uni tinchlantirish chog‘ida u inspektorni pichoqlab, voqea joyidan qochib ketgan.
4-iyul kuni u qabristondagi makkapoya ichidan topildi. Qo‘lga olish jarayonida u o‘zining qorin qismini pichoqlagan va unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib borilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov ishlari olib borilmoqda.

Qotillik qurboni bo‘lgan profilaktika inspektori, katta leytenat Abdurasul Abduvaliyev so‘ngi manzilga davlat madhiyasi sadolari ostida kuzatildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News