Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prikda avtobus va yuk mashinalar harakati vaqtincha cheklandi

Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prikda avtobus va yuk mashinalar harakati vaqtincha cheklandi
  • 7
  • 02.10.2023 08:21:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent xalqaro aeroporti va Bobur ko‘chasini bog‘lovchi ko‘prik yo‘lini ta’mirlash ishlari doirasida ko‘prik yo‘li orqali avtobuslar va yuk transporti harakati 1-oktyabrdan boshlab vaqtinchalik cheklandi.

“Toshshahartransxizmat”ning xabar berishicha, shu munosabat bilan, mazkur ko‘chalar orqali harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlarining harakati quyidagicha tashkil etiladi:

67, 76, 94-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Bobur ko’chasidagi Yakkasoy TIIB bekatida qisqartiriladi;

11, 40, 45-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Bobur ko’chasidan Nukus, A.Qahhor, A.Qahhor-7, Kichik Beshyog‘och, Kichik halqa yo’li, Sariko‘l, Temiryo’lchilar, H.Aliyev, Lokomotiv, Qumariq ko’chalari orqali keyingi harakati o’z yo’nalishi bo’ylab vaqtinchalik o‘zgartiriladi;

61, 106-sonli avtobus yo'nalishlari harakati Aeroport-2 bekatida qisqartiriladi;

47, 77-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Bobur ko’chasidan Nukus, A.Qahhor, A.Qahhor-7, Kichik Beshyog‘och, Kichik halqa yo’li, Sariko‘l, S.Banokatiy, Lokomotiv, Qumariq ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘ylab vaqtinchalik o‘zgartiriladi.

Aeroport yo‘l o‘tkazgichini rekonstruksiya qilish ishlari fevral oyida boshlangan. “Gazeta.uz”ning yozishicha, 2024-yilning dekabrigacha davom etishi kutilmoqda. 

Manba: Daryo.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News