
- 0
- 08.09.2025 07:39:00
- 1 daq o'qish
2025-yilda mutaxassislar jamoatchilik kayfiyati va asosiy tendensiyalarni aks ettiruvchi eng muhim 40 so‘zni aniqladi. Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan bu so‘zlar orasida gumanitar sohada yetakchi “labubu” bo‘ldi.
Yoshlar tilidagi so‘zlar orasida “toksik” (zaharli shaxs), “sigma” (mustaqil va kuchli), “pikmi” (o‘zini ko‘rsatishga urinuvchi), “svaga”(zo‘r) ajralib turadi.
Ro‘yxatda shuningdek “AI” (sun’iy intellekt), “muhabbat”, “vatanparvarlik”, “muzokaralar”, “g‘alaba”, “qidiruv”, “qadriyatlar” va “senzura” so‘zlari bor. Qiziq tomoni shundaki, “krinj” so‘zi yillar davomida reytingdan tushmay kelmoqda.