Turkiyaning eng qimmat brendi ma’lum qilindi

Turkiyaning eng qimmat brendi ma’lum qilindi
  • 9
  • 15.06.2023 07:30:00
  • 1 daq o'qish

Turkish Airlines (Turkiya havo yo‘llari) eng qimmat turk brendlari TOP 100 taligidan yana birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Brand Finance xalqaro tahliliy agentligi Turkiyaning 2023-yil uchun eng qimmat brendlari reytingini tuzdi. Turk aviatashuvchisi 2019, 2020, 2021 va 2022-yillarda ham eng qimmat brendlar reytingida birinchi o‘rinni egallagan.

Brendning bozor qiymati 2 milliard dollarga baholanmoqda.  Turkish Airlines 2022-yilga nisbatan tovar qiymatini 26 foiz oshirib, muvaffaqiyatga erishdi.

Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni qiymati 1 milliard 500 million dollarga baholangan Archelik egalladi. Uchinchi o‘rinda 927 million dollar bilan Vestel brendi qayd etdi.

Garanti BBVA banki o‘tgan yilga nisbatan 3 pog‘onaga ko‘tarilib, 767 million dollar qiymati bilan 4-o‘ringa ko‘tarildi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News